Daryo

Xitoyda 5G’ga ega rider-smartfon taqdim etildi

Gadjet Unisoc tiger T7510 platformasida ishlaydi, uning asosini sakkiz yadroli CPU va PowerVR GM9446 grafik protsessori tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish33 066 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Xitoyning Hisense kompaniyasi oq-qora displeyga ega noodatiy A7 5G smartfonini taqdim etdi. Qurilmaning onlayn-taqdimoti 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Gizmochina

Qurilma har bir dyuymidagi piksellar soni 300 ga teng 6,7 dyuymli monoxrim E Ink displeyiga ega bo‘lgan. Matritsa to‘rtta rejimda ishlashga qodir: kuchaytirilgan sezgir, “elektron kitob”, yuqori kontrast va tunggi. O‘quvchilarga qulaylik uchun sahifalarni ovozni boshqarish tugmalari orqali “varaqalash” mumkin.

Foto: Gizmochina

Gadjet Unisoc tiger T7510 platformasida ishlaydi, uning asosini sakkiz yadroli CPU va PowerVR GM9446 grafik protsessori tashkil etadi. Smartfon beshinchi avlod mobil aloqa signallarini qabul qilishga qodir, biroq bu kabi ekranda video tomosha qilish noqulay.

Foto: Gizmochina

Smartfon faqatgina bitta versiyada taqdim etiladi — 6 Gb tezkor va 128 ichki xotira, Android 10, odinar kamera, barmoq izi skaneri va 4779 mA/soat.

Xitoy bozorida ushbu gadjet 300 dollarga baholanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar