Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi gadjetini — atrofdagi ovozga moslashib, rangini o‘zgartirishga qodir stol lampasini taqdim etdi, deb xabar beradi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Foto: Gizmochina

Bir nechta lampalarni o‘zaro birlashtirishdan hosil bo‘lgan qurilmani devor yoki shiftga ilib qo‘yish mumkin. Geymerlar uchun musiqiy ritm mavjud bo‘lib, u o‘yin ovoziga qarab rangini o‘zgartiradi. Bu geymerning o‘yin jarayoniga yanada kirishib ketishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, gadjet ovozli yordamchini ham qo‘llab-quvvatlaydi, 16 million xil rangni hosil qila oladi va uni dastur orqali boshqarish mumkin. Shuningdek, ovozning baland-pastligini sozlasa ham bo‘ladi.

Foto: Gizmochina

Foto: Gizmochina

Gadjet qachondan boshlab sotuvga chiqishi noma’lum, uni 15 dollar evaziga xarid qilish mumkin bo‘ladi, to‘qqizta lampadan iborat jamlanmasi esa 107 dollar turadi.

Avvalroq Xiaomi “uchtasi birda” fonarini, eng arzon elektroskuterni, barmoq izi skaneriga ega bloknotni taqdim etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi