Daryo

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)

Gurbanguli Berdimuhamedov 27-dekabr kuni nabirasi Kerim bilan birga Kopetdag‘ tog‘i etaklarida sayr qildi

1 daqiqa o‘qish75 640 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 27-dekabr kuni nabirasi Kerim bilan birga Kopetdag‘ tog‘i etaklarida sayr qildi, deya xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”.

Kadr: Videodan skrinshot

Turkmaniston davlat axborot agentligi ma’lum qilishicha, prezident va uning nabirasi Ashxobodning janubiy chekkasiga borgan, u yerda prezident sport mashqlarini bajargan. Keyin ular kanat yo‘li tomon yo‘l olgan.

U yerda Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasiga “tabiatning qudratli kuchi to‘g‘risida” hikoyalar aytib bergan, Kerim esa qor bilan qoplangan poytaxt va tog‘ etaklarini suratga olgan.

Berdimuhamedov va uning nabirasi funikulyorga chiqib, kanat yo‘li orqali Kopetdag‘ tomon yo‘l olgan. Yuqoridan ular Ashxobod manzarasini ko‘zdan kechirgan.

Shundan so‘ng prezident va uning nabirasi qorbola yasagan.

Davlat axborot agentligining ta’kidlashicha, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan kanat yo‘lining barcha xodimlariga yangi yil sovg‘alari topshirilgan.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti giyohvand moddalarni yoqishda shaxsan qatnashgani, Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklagani hamda Turkmanistonda mashinalar kuzovida qora rangli elementlar bo‘lishi taqiqlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar