Daryo

Bayramona “Qorbobo” salatini tayyorlab ko‘ring

Ushbu salat bayram dasturxonining ko‘rki bo‘lishi tabiiy

1 daqiqa o‘qish40 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Yangi yilga mos ko‘rinish va ajoyib ta’mga ega salat retsepti aziz bekajonlar uchun ajoyib tanlov.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum — 2 dona;
  • konservalangan baliq — 200 gramm;
  • pishloq — 120 gramm;
  • makkajo‘xori — 150 gramm;
  • tuz va ziravorlar, mayonez.
Bezak uchun:
  • tuxum — 2-3 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • zaytun — 2 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tuxumlar qaynatib olinadi.
  2. Baliq sanchqi yordamida maydalab olinadi, tuxum va pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Barcha masalliqlar makkajo‘xori bilan birgalikda idishga solinadi. Tuz va ziravorlar qo‘shib, mayonez aralashtiriladi.
  4. Bezak uchun tuxumning sarig‘i mayda, oqi biroz yirikroq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Bulg‘ori qalampiri mayda to‘g‘raladi.
  5. Tuxum sarig‘i aralashmaning o‘rta qismiga sepib chiqiladi. Oqidan soqol va qorbobo qalpog‘ining bir qismi yasaladi. Maydalangan bulg‘ori qalampiridan qalpoqning qolgan qismi, burun va og‘iz yasaladi. Zaytun donalaridan esa ko‘z o‘rnida foydalaniladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar