Daryo

Aleksandr Lukashenko Ukraina orqali tonnalab qurol olib o‘tgan terrorchilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ular butun Belarus bo‘ylab teraktlar tayyorlagan

1 daqiqa o‘qish41 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “president.gov.by”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina hududi orqali tonnalab qurol olib o‘tgan terrorchilar guruhi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “president.gov.by”

Lukashenkoning qayd etishicha, Belarus maxsus xizmatlari Nikolay Avtuxanovichning “terrorchilik guruhini” qo‘lga olgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ular butun Belarus bo‘ylab teraktlar tayyorlagan.

“Yaqinda biz Avtuxovichning guruhini qo‘lga oldik. Yaramaslar. Hozir biz ularning barcha kanallarini aniqladik. Ular Ukraina orqali tonnalab qurol tashigan. Butun mamlakat bo‘ylab teraktlar tayyorlagan va ularni amalga oshirishni boshlagan”, — deya ma’lum qilgan Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, bu kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish qat’iy nazoratda turadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar