Daryo

Xitoy osmonidan katta olovli shar uchib o‘tdi (video)

Olimlarning taxmin qilishicha, meteoritga o‘xshash mazkur obyektning radiusi bir metrni, og‘irligi esa taxminan o‘n tonnani tashkil qilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish99 221 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoyda 23-dekabr, chorshanba kuni ertalab meteorit ekanligi taxmin qilingan katta olovli shar osmon bo‘ylab uchib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Nangtsyan okrugi hukumatining ma’lum qilishicha, olovli shar Chandu ko‘li tomonga uchgan. Xitoy seysmologiya xizmatining xabar berishicha, meteorit Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Yuyshu shahrining ertalabki qorong‘i osmonini yoritib o‘tgan va u Yuyshu shahar okrugi yaqiniga tushgan bo‘lishi mumkin.

Olimlarning taxmin qilishicha, meteoritga o‘xshash mazkur obyektning radiusi bir metrni, og‘irligi esa taxminan o‘n tonnani tashkil qilishi mumkin.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarining yozishicha, meteorit Yerga urilganda bir necha portlash yuz bergan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar