Indoneziyalik tobut yasovchi Joshua Xutagalung uyining tomiga meteorit tushganidan so‘ng millionerga aylandi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Foto: The Sun

Ta’kidlanishicha voqea 2020-yilning avgust oyida sodir bo‘lgan. Joshua o‘z uyi oldida tobut yasayotgan vaqtda og‘irligi 2,2 kilogramm bo‘lgan samoviy jism ayvonning tunuka tomini teshib o‘tib, yerga 15 santimetr chuqurlikka tushgan. Toshni qazib olishga muvaffaq bo‘lgan Joshua meteoritni haliyam iliqligini va qisman singanini aniqlagan.

Tosh juda kam uchraydigan karbonli xondrit CM1/2 deb tasniflangan. Shuningdek, toshni AQShdan kelgan kolleksiyachi 1,9 million dollarga sotib olgan. Joshua topgan puli evaziga o‘z jamoatida cherkov qurishga va’da bergan va nafaqaga chiqib, uch farzandiga ko‘proq vaqt ajratishga qaror qilgan.