Daryo

“U yo saviyasiz, yoki savollardan qo‘rqadi”. Zoir Mirzayev Qarshi tumanida aholiga hokimsiz murojaatnoma yo‘llanganini tanqid qildi

Zoir Mirzayev Qarshi tumanida matbuot anjumani tashkil etilib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirayotgan savollarga shaxsan tuman hokimining o‘zi javob berishi kerakligini ta’kidlagan

1 daqiqa o‘qish57 302 ko‘rishlar0 izoh0
Zoir Mirzayev. Foto: “Daryo”

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qarshi tumanida aholiga hokimsiz murojaatnoma yo‘llanganini tanqid qilib, “men bu holatni hazm qilolmayman”, dedi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Zoir Mirzayev.Foto: “Daryo”

Zoir Mirzayev, shuningdek, jurnalist va blogerlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga chiqolmay, o‘rniga o‘rinbosarlarini ro‘para qiladigan rahbarlar haqida gapirib, “bunday rahbarlar yo saviyasiz, yoki savollarga javob berishdan qo‘rqadi”, degan.

Avvalroq Qarshi tumanida bo‘lib o‘tgan tuman kengashi sessiyasida hudud rahbari Maqsuda Mustafoyeva betobligi sabab qatnasha olmagani, shu sabab hokimning aholiga murojaatnomasini uning birinchi o‘rinbosari Sardor Abdullayev o‘qib eshittirgani haqida xabar berilgan edi.

Sessiya oxirida jurnalist va blogerlar tuman mas’ullaridan hokim Mustafoyevaning betobligi va sessiyada qatnashmasligi hokimlik axborot xizmatiga avvaldan ma’lummidi yoki sessiya avvalida oshkor bo‘ldimi, deb so‘ragan.

Maqsuda Mustafoyeva.Foto: “Daryo”

Bu savolga javob bergan hokim o‘rinbosari esa: “Sessiyaga hokim kelishi kutilgandi. Dabdurustdan shunday bo‘lib qoldi. Biroq bundan tuman hokimligi axborot xizmatining xabari bor edi”, deb javob bergan.

“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, Zoir Mirzayev Qarshi tumanida hokim ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirayotgan savollarga shaxsan hokimning o‘zi javob berishi kerakligini ta’kidlagan.

Tumanda aholi va deputatlarga qaytadan murojaatnoma yo‘llanishi ham kutilmoqda.

Mavzuga doir: Hokimsiz o‘tgan sessiyada qashqadaryolik deputat tuman kengashi deputatlari faqat qo‘l ko‘tarib tasdiqlovchi ekanligini tan oldi

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar