Daryo

Ortiqcha ovqatlanishdan tiyilishga yordam beradigan 5 tavsiya

Ekranga tikilib o‘tirib qancha ko‘p ovqat yeganingizni bilmay qolishingiz mumkin

2 daqiqa o‘qish85 388 ko‘rishlar0 izoh0
Foto Freepik

Keragidan ortiq ovqatlanish ko‘pchilikni bezovta qiladigan muammo hisoblanadi va ba’zi hollarda bu emotsional holat, stress va boshqa psixologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan xalos bo‘lishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Foto Freepik

Och qolmaslikka harakat qiling

Haddan ortiq darajada och qolmang. Kishi och qolib ketsa, ko‘p ovqatlanib yuborish xavfi yuqori bo‘ladi. Nonushta, tushlik va kechki ovqat orasida ochlikni his qilsangiz, tamaddi qilib oling. Ammo iloji boricha tamaddiga meva yemaslikka harakat qiling, chunki ularning iste’molidan keyin qondagi qand miqdori o‘zgarishi, buning oqibatida esa ochlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Shoshmasdan ovqatlaning

Shoshmasdan ovqatlanilganda taomning ma’lum qismi hazm bo‘ladi va organizm sizni to‘ydi deb hisoblaydi. Kun davomida uch mahal o‘z vaqtida ovqatlanish doimiy odatingiz bo‘lsin. Ovqatlanish vaqtida muammo va tashvishlar haqida o‘ylamasdan taomdan rohatlaning. Eng asosiysi esa taomni yaxshilab chaynab, keyin yutishga e’tibor qarating.

Suv ichishni unutmang

Ko‘p hollarda chanqash bilan ochlik hissi adashtiriladi va buning oqibatida keragidan ko‘p ovqatlaniladi. Kun davomida taom orasida suv ichishni unutmaslik kerak. Ochlik his qilinganda taom iste’molidan yarim soat avval bir stakan suv iching. Suv oshqozonni biroz to‘ldirgani hisobiga siz kamroq iste’mol qilishingiz mumkin.

Telefon yoki noutbuk qarshisida ovqatlanmang

Ekranga tikilib o‘tirib, qancha ko‘p ovqat yeganingizni bilmay qolishingiz, nazorat qila olmasligingiz mumkin. Qolaversa, bu vaqtda miya ovqat bilan emas, ma’lumot qabul qilish bilan band bo‘lgani sabab bu oshqozon kasalliklari, masalan, gastrit keltirib chiqarishi mumkin.

To‘yib uxlang

To‘yib uxlamaganda organizm stressni boshdan kechiradi. Uyqu yetishmagani, dam olmagani hisobiga esa qo‘shimcha energiya kerak bo‘ladi va buni ovqat hisobidan qondirmoqchi bo‘ladi. Shu sabab erta yotib, 8 soatdan kam uxlamaslik kerak. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar