Daryo

Stress sabab kuchayishi mumkin bo‘lgan ayollardagi 5 kasallik

Kortizol doimiy ravishda yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, hujayralarning insulinga sezuvchanligi buzilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish56 676 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Freepik

Stress kishi salomatligiga ta’sir qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, har uchinchi ayol surunkali stressdan aziyat chekadi. Bunga asabiylashganda kortizol va adrenalinning ko‘payishi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Bosh og‘rig‘i

Stress vaqtida miyadagi asablar va qon tomirlarga ta’sir qiladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqariladi. Bu esa migren kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ich qotishi

Surunkali stress, oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini ko‘paytirib, ichaklar faoliyatini susaytirib, oshqozon-ichak traktining jiddiy ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida jig‘ildon qaynashi, qorn shishishi va gaz hosil bo‘lishi, ich qotishi va diareya kuzatiladi. Bu kabi yoqimsiz holatlar, hayotingizda stress ko‘payib ketgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tez-tez kuzatiladigan shamollash

Stress immun tizimini susaytirgani sabab ham kishida shamollashlar, xususan, O‘RVI ko‘p kuzatilishi mumkin. Agar kasaldan boshingiz chiqmaydigan bo‘lsa, asablaringiz charchagan bo‘lishi va dam olishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

Husnbuzar va toshma

Stress gormoni kortizol nafaqat vazn, balki teri holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Gormon sabab ko‘proq yog‘ ishlab chiqariladi bu esa husnbuzar toshishi va ko‘payishiga olib keladi.

Metabolik sindrom

Hujayralar insulinga sezuvchanligi susayadi agar nazorat qilinmasa, ikkinchi turdagi qandli diabetga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, kortizol gormoni glyukozaning organizmga singishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar kortizol doimiy ravishda yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, hujayralarning insulinga sezuvchanligi buzilishi mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar