Daryo

Moderna COVID-19’ga qarshi vaksinani o‘spirinlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi

Sinovda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar ishtirok etmoqda

1 daqiqa o‘qish18 872 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Amerikaning Moderna kompaniyasi COVID-19 koronavirusiga qarshi o‘spirinlar ishtirokida emlashning ikkinchi bosqichini boshladi, deb xabar bermoqda “Interfaks” The Guardian’ga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

OAV xabarlariga ko‘ra, sinovda ishtirok etayotganlarning birinchi guruhi vaksinatsiyadan o‘tgan. Sinovda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar ishtirok etmoqda.

Unda jami 3 ming nafar sog‘lom kishilar ishtirok etadi, ularga 28 kunlik oraliq bilan ikki dozalik vaksina qilinadi. Kompaniya natijalarni 2021-o‘quv yili boshlanishidan oldin olishiga umid qilmoqda.

Moderna kompaniyasi vaksinasi ikki dozadan iborat. Ikkinchi inyeksiya birinchisidan 28 kun o‘tgach qilinadi.

1-dekabr kuni Moderna AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarining Sanitar nazorati boshqarmasiga (FDA) koronavirus vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ariza yuborganini e’lon qilgandi. Avvalroq uning samaradorligi dastlabki tahlilda 94,1 foiz, kasallikning og‘ir shaklida esa 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilingandi.

Favqulodda foydalanish uchun ariza berish bu — organizmga ta’siri bo‘yicha tekshiruvlar natijasini kutmasdan, dori vositalaridan foydalanishni boshlash to‘g‘risidagi so‘rov. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar