Daryo

Uch mahsulot yordamida tezkor hamda foydali nonushta tayyorlaymiz

Kam mahsulot va biroz vaqt, ammo natijasi foydali nonushta

2 daqiqa o‘qish60 129 ko‘rishlar0 izoh0

Erta tongdan ish yoki o‘qishga shoshganda, nonushta tayyorlash uchun har kim ham ko‘p vaqt sarflagisi kelmaydi, albatta. Ammo nonushta o‘z o‘rnida foydali hamda tezkor bo‘lishi ham kerak. Quyidagi uch retsept asosida tayyorlanadigan nonushta uchun taomlar aynan shundan xususiyatlarga ega.

Yumshoq oladyilar

Foto: “Elle.ru”

Ushbu oqsilga boy taom nafaqat tez tayyor bo‘ladi, balki tana uchun ham juda foydalidir. Yumshoqqina oladyilar oilaning katta-yu kichigiga manzur kelishi shubhasiz.

Kerakli mahsulotlar:
  • ½ stakan suli yormasi;
  • ½ stakan yog‘siz tvorog;
  • 2 dona tuxum;
Tayyorlanish jarayoni:

Barcha mahsulot blender yordamida aralashtiriladi. Tovada oz-ozdan pishirib olinadi. Murabbo yoki mevalar yordamida bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Salsa sousida tuxum

Foto: “Elle.ru”

Sog‘lom nonushta evaziga vaznini nazorat qilishni istovchilar uchun ushbu retsept ayni muddao. Buning uchun uyqudan 15 daqiqa ertaroq uyg‘onish tavsiya etiladi.

Kerakli mahsulotlar:
  • 400 gramm mol yoki kurka go‘shti qiymasi;
  • Salsa sousi;
  • 5-6 dona tuxum.
Tayyorlanish jarayoni:

Zaytun yog‘ida qiyma go‘shti 5-7 daqiqa qovurib olinadi, ustidan salsa sousi qo‘shiladi. 3-5 daqiqada qaynab chiqqanidan so‘ng tuxumlar chaqilib, dimlanadi. Taom ustiga ko‘katlar sepib, issiqligicha iste’mol qilinadi. Yoqimli ishtaha!

Bodomli “keto-vafli”

Foto: “Elle.ru”

Parhez yoki sog‘lom turmush tarziga rioya qilganlar uchun foydali retsept. Kam mahsulotlar bilan ham nonushtaga ajoyib yegulik tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar:
  • 1 dona tuxum;
  • ½ motsarella pishlog‘i;
  • 1 osh qoshiq achchiq bodom uni.
Tayyorlanish jarayoni: Tuxum yaxshilab ko‘pirtiriladi. Ustidan bodom uni va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq qo‘shiladi. Oldindan vafli qolipiga yog‘ surilib, qizdiriladi. Avval qolipga pishloq, so‘ngra aralashma, yana ustidan pishloq solinadi. So‘ngra qolip qopqog‘i yopiladi, shunda vaflilar qarsildoq bo‘lib chiqadi. Tayyor bo‘lganidan so‘ng ustidan shokoladli sirop yoki murabbolar bilan bezak berish mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar