Daryo

SpaceX kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashdi (video)

Cargo Dragon stansiyaga oziq-ovqat vositalari va tajribalar uchun mo‘ljallangan qurilmalardan iborat 2 tonnadan ortiq yukni yetkazgan

1 daqiqa o‘qish27 020 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: NASA

SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Cargo Dragon kosmik yuk kemasi 6-dekabr, yakshanba kuni orbitaga uchirilgan edi. “RBK”ning yozishicha, kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashgan.

Foto: NASA

Cargo Dragon stansiyaga oziq-ovqat vositalari va tajribalar uchun mo‘ljallangan qurilmalardan iborat 2 tonnadan ortiq yukni yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabr kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Crew Dragon kemasi Toshkent vaqti bilan soat 09:01 da Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tarzda tutashgan. Uch amerikalik — Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker hamda bir yapon astronavti — Soiti Nogutidan iborat ekipaj XKSda olti oy mobaynida bo‘lib turadi.

Mavzuga doir: Crew Dragon “Soyuz”dan yaxshiroqmi? “Roskosmos” inqirozga uchraydimi? Endi ruslarning yangi kemalari XKSga uchmaydimi? — SpaceX muvaffaqiyatidan keyingi kosmonavtika haqida

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar