Daryo

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi

“Agar muxolifat g‘olib bo‘lsa, men prezident lavozimidan ketaman”, — dedi Maduro

1 daqiqa o‘qish22 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozongan taqdirda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro iste’foga chiqishga tayyor. Bu haqda davlat rahbari Karakasda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Getty Images

“Agar muxolifat g‘olib bo‘lsa, men prezident lavozimidan ketaman”, — dedi Maduro davlat televideniyesi orqali uzatilgan nutqida.

Milliy assambleya — Venesuelaning bir palatali parlamentiga saylovlar 6-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Ularda 107 ta partiya va siyosiy birlashma qatnashadi. Sobiq spiker va o‘zini mamlakat prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaydoning partiyasi saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Xuan Guaydo 2019-yil yanvarida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan edi. O‘shanda Venesuelada og‘ir iqtisodiy sharoit fonida ommaviy namoyishlar boshlangan edi. Namoyishchilar va muxolifat hukumatni “Petrokaribe” neftini imtiyozli ravishda yetkazib berish bo‘yicha Venesuela dasturi orqali olingan kreditlarni suiiste’mol qilganlikda aybladi.

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik aloqalar buzilganini e’lon qilgach, AQSh Xuan Guaydoni “o‘tish davrining prezidenti” deb atagan. Guaydoni, shuningdek, Isroil, Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi davlatlar ham Venesuela prezidenti sifatida tan olgan. Rossiya esa Maduro hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar