Daryo

Tushlikka mol go‘shti qo‘shib, udon lapsha tayyorlaymiz

Taom kunjut va ko‘katlar bilan bezatiladi

1 daqiqa o‘qish21 825 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-chef.ru”

Udon − yapon bug‘doy unidan tayyorlangan lapsha. Sabzavotlar qo‘shib tayyorlanadigan vitaminlarga boy udon lapsha taomi tushlik yoki kechki ovqat uchun ayni muddao.

Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • Mol go‘shti − 200 gramm;
  • Piyoz − 100 gramm;
  • Bulg‘or qalampiri − 200 gramm;
  • Sarimsoq − 10 gramm;
  • Lapsha (udon) − 150 gramm;
  • Chili sousi − 50 gramm;
  • Soya − 20 gramm;
  • Kunjut − bir chimdim;
  • Tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Kerakli mahsulotlar ajratib  olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Piyoz va bulg‘or qalampiri somoncha shaklida to‘g‘raladi, sarimsoq maydalanadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Mol go‘shti ham shu shaklda to‘g‘raladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Mol go‘shti tovada qovurib olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Ustidan sabzavotlar solib, qovuriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Ustidan sous solinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Qaynatib olingan udan lapsha aralashma ustiga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Biroz dimlab qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Tuz va ziravorlar sepiladi. Dasturxonga tortishdan avval ustiga kunjut bilan bezak beriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar