Daryo

Video: 50 yildan keyin paydo bo‘ladigan haydovchisiz boshqariluvchi uchar avtomobil

Konsept vertikal ravishda ko‘tarilish va qo‘nishga qodir uchuvchisiz boshqariladigan samolyot, shuningdek, oddiy avtomobilni o‘zida mujassamlashtirgan

1 daqiqa o‘qish59 598 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Motor

Braziliyaning Embraer aviasozlik korporatsiyasi 2070-yillarga borib ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan Pulse nomli kelajak transportining futuristik loyihasini yaratdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Konsept vertikal ravishda ko‘tarilish va qo‘nishga qodir uchuvchisiz boshqariladigan samolyot, shuningdek, oddiy avtomobilni o‘zida mujassamlashtirgan. Ularni hech qanday boshqaruv elementlari bo‘lmagan mustaqil yo‘lovchi kapsulasi birlashtirib turadi.

Braziliyalik futurologlarning fikricha, yo‘lovchilar uzoq masofaga sayohatni haydovchisiz avtomobilni — g‘ildiraklar ustidagi universal kapsulani chaqirish orqali boshlashi mumkin. Aeroportga kelgach, kapsula g‘ildirak shassisidan ajraladi va ichidagi odamlari bilan uchuvchisiz boshqariladigan samolyot bilan birlashadi. Belgilangan joyga yetib kelgach, u yana havo transportidan ajralib, haydovchisi boshqariladigan avtomobilga ulanadi.

Barcha konstruksiya, jumladan, havo va yerdagi shassilarga ulanish mexanizmlari elektr tokida ishlaydi. Kapsula ichidan qulay divan va kreslolar, shuningdek, qo‘shimcha reallik elementlariga ega sensorli monitorlar o‘rin oladi. Bu yo‘lovchilar harakat vaqtida kerakli ma’lumotlar bilan tanishishiga xizmat qiladi.

Mavzuga doir: Dunyoda birinchi marta Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (foto va video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar