Daryo

Apple’ning navbatdagi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Translyatsiya Apple Park’dan uzatiladi va uni Apple sayti orqali ham tomosha qilish mumkin

1 daqiqa o‘qish27 830 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Finews

Amerikaning Apple korporatsiyasi 2020-yilning kuzida uchinchi bor o‘tkaziladigan taqdimotining sanasini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Finews

Ma’lum qilinishicha, taqdimot keyingi hafta — 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Translyatsiya Apple Park’dan uzatiladi va uni Apple sayti orqali ham tomosha qilish mumkin. Taqdimot Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Apple’ning noyabr oyidagi taqdimotining asosiy qismini yangi protsessor — ARM arxitektura bazasidagi SoC Apple’da ishlaydigan noutbuklar tashkil etadi, hozircha u Apple Silicon nomi bilan ma’lum. Shuningdek, yangi MacBook Air taqdim etiladi.

Bundan tashqari, taqdimotda AirPods Studio naushniklari, Apple TV o‘yin “telepristavkasi”, qo‘shimcha reallikka ega Apple Glass ko‘zoynaklari, AirPower simsiz quvvatlantirish stansiyalari taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning 15-sentabrdagi taqdimotida Watch SE hamyonbop “aqlli” soati hamda iPad planshetlari, 13-oktabrda esa to‘rtta iPhone 12 smartfoni taqdim etilgandi.

Mavzuga doir: Apple “aqlli” interkom-kolonka — HomePod mini’ni taqdim etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar