Apple “aqlli” soatlarning arzon variantini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Apple Watch SE — bu Series 6 ekrani va korpusiga ega u qadar qimmat bo‘lmagan soat bo‘lib, protsessori S5 avlodiga tegishli. U o‘zida oldingi soatlarning zamonaviy funksiyalarini mujassam etgan, biroq qondagi kislorod miqdorini o‘lchaydigan datchikka ega emas.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “aqlli” soatlar Apple Watch Series 5’dagi muntazam faol displey rejimini qo‘llab-quvvatlamaydi — funksiyalar ro‘yxatida bu haqda hech narsa deyilmagan.

Shu bilan birga, Watch SE Apple lineykasidagi eng arzon soatga aylanmadi, uning narxi — 325 dollar. Hozirda sotuvda bo‘lgan Watch Series 3’ni esa 233 dollarga xarid qilish mumkin.

Avvalroq Apple’ning “aqlli” soatlari avtomobil eshigini ochish va uni o‘t oldirishni o‘rganib olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.