Daryo

Vitaliy Klichko qaytadan Kiyev meri etib saylandi

U saylovning birinchi turida 50,52 foiz yoki 365 161 ta ovoz to‘plagan

1 daqiqa o‘qish51 194 ko‘rishlar0 izoh0

Vitaliy Klichko Ukraina poytaxti Kiyev shahri meri etib qaytadan saylandi. U saylovning birinchi turida 50,52 foiz yoki 365 161 ta ovoz to‘plagan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: BBC

Saylovda Vitaliy Klichko “Udar” partiyasidan ishtirok etgan, uning asosiy raqibi “Golos” partiyasidan Sergey Pritula bo‘lgan. Saylovda nomzod sifatida jami 17 kishi qatnashgan. Ovoz berish 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Sobiq bokschi Vitaliy Klichko birinchi marta 2014-yilda Kiyev shahri meri etib saylangandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar