Daryo

Vitaliy Klichko Kiyev meri etib saylandi

“Kiyevning yangi boshlig‘i bor, u bizning hamkasb Vitaliy Klichko”

1 daqiqa o‘qish17 052 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainaning“UDAR”(“Украинский Демократический Альянс за Реформы”) partiyasiva shu nomdagi parlament fraksiyasi yetakchisi Vitaliy Klichko Kiyev merligiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti vazifasini bajaruvchi Aleksandr Turchinov ma’lum qildi, deya xabar berdi Interfax.

78123
Foto: zn.ua

Payshanba kuni parlament majlisini ochar ekan, Oliy Rada raisi Turchinov “Kiyevning yangi boshlig‘i bor, u bizning hamkasb Vitaliy Klichko”, — deya e’lon qildi.

Ukraina Maydonidagi tartibsizliklarda Vitaliy Klichko, Arseniy Yatsenyuk hamda Oleg Tyagnibok yetakchilikni o‘z qo‘llariga olgan. Ular 21-fevralda Ukrainaning o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan prezidenti Viktor Yanukovich bilan mamlakatda konstitutsiya isloh qilinishi, koalitsion hukumat tuzilishi va muddatidan avval saylov o‘tkazilishi bo‘yicha bitim imzolagan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar