Daryo

Tramp asosiy “ikkilanayotgan” shtatlardan biri — Floridada g‘olib bo‘lmoqda

Mazkur shtatda g‘olibni oldindan aytish qiyin bo‘layotgan edi

1 daqiqa o‘qish30 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQShdagi prezident saylovlarida Donald Tramp Floridada — asosiy “ikkilanayotgan” shtatlardan birida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritdi, u yerda g‘olibni oldindan aytish eng qiyin bo‘layotgan edi.

Foto: Reuters

Byulletenlarning 94 foizi hisoblab chiqilganidan keyin Tramp ovozlarning 51,2 foiziga, uning raqibi Jo Bayden — 47,8 foiziga ega bo‘lgan, deb yozadi Meduza The New York Times e’lon qilgan ma’lumotlarga tayanib. Tramp Floridada Baydendan 400 mingga ko‘p fuqaroning ovozini qo‘lga kiritgan.

CNN qayd etishicha, Trampning Floridadagi g‘alabasi AQSh prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan har ikki nomzod saylovda bir-biriga juda yaqin natijaga erishishini ko‘rsatmoqda. Saylovoldi so‘rovlar Baydenning ustunligini ko‘rsatgan edi.

Florida hissasiga saylov kollegiyasining 29 ovozi to‘g‘ri keladi. G‘alaba uchun prezidentlikka nomzod kamida 270 ta ovoz to‘plashi kerak.

Yana bir “ikkilanayotgan” shtat — Ogayoda (18 ta saylovchi) Tramp Baydenni 4 foizga ortda qoldirmoqda. Texasda (38 ta ovoz) u uchta punktga, Jorjiyada (16 ta ovoz) — 12 ta punktga oldinda bormoqda.

AQSh prezidenti saylovida g‘olib to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovchilar tomonidan emas, balki saylovchilar kollegiyasi tomonidan aniqlanadi. Jami saylovchilar 538 kishi, g‘alaba uchun 270 kishining ovozi kerak. Saylovchilar soni har bitta shtatda aholi soniga mos ravishda taqsimlanadi — eng ko‘p aholi yashaydigan Kaliforniya shtati 55 saylovchiga ega. Ikkinchi eng yirik shtat — Texasda 38 saylovchi, Nyu-York va Floridada — 29 tadan saylovchi bor. Ikki pog‘onali tizimni hisobga olganda, nomzod umummilliy darajada kamroq ovoz to‘plasa ham, muayyan shtatlardagi g‘alabasi hisobiga saylovda g‘olib bo‘lishi mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar