Daryo

Video: 44 tonnali Mercedes va Scania yuk mashinalari poyga maydonchasida kuch sinashdi

Poygalar uchun dizelda harakatlanuvchi orqa uzatmali, 12 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va standart kabinaga ega yuk mashinalari tanlangan

1 daqiqa o‘qish52 046 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

YouTube’dagi Carwow kanali 44 tonnali Mercedes-Benz va Scania yuk mashinalari o‘rtasida poyga uyushtirdi. Kuzatuvchilar tirkamasiz yuk mashinalarining dinamikasini 402 metrli dreg-poygada baholagan.

Kadr: YouTube

Poygalar uchun dizelda harakatlanuvchi orqa uzatmali, kapotsiz, 12 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va standart kabinaga ega yuk mashinalari tanlangan. Ikkala mashinaga ham yordamchi “yalqov-o‘q” mavjud.

Mercedes-Benz Acrtos 480 ot kuchiga (2200 Nm) ega 10,7 litrli olti silindrli OM470 turbomotori yordamida harakatga keladi. Scania R500’ning top versiyasiga esa 500 ot kuchiga ega (2550 Nm) 13 litrli olti silindrli turbodvigatel o‘rnatilgan.

Foto: Mercedes-Benz Acrtos
Foto: Scania R500

Mercedes va Scania yuk mashinalari texnik jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, duel juda ajoyib tarzda o‘tgan. Chorak mil masofa oralig‘ida o‘tkazilgan poygada raqiblar orasidagi farq 0,1 soniyani tashkil etgan.

Shundan so‘ng blogerlar mazkur yuk mashinalariga yuk ortilgan holda ularning kuchini sinab ko‘rgan.

Avvalroq Carwow kanali blogerlari noodatiy, shu bilan birga, so‘nggi vaqtlardagi eng qimmat dreg-poygani uyushtirgan edi: ular Bentley Continental GT’ni Rolls-Royce Wraith Black Badge’ga qarshi qo‘ygan.

Mavzuga doir: Video: Hummer va “Gelendvagen” o‘zaro arqon tortishdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar