YouTube’dagi Carwow kanali yangi Mercedes-AMG G63 va o‘n ikki yillik Hummer H1 pikapi o‘rtasida noodatiy duel uyushtirdi. Yo‘ltanlamaslar o‘tloqda arqon tortishdi.

Quvvati va aylanishlar momenti borasida Mercedes-AMG G 63’ga teng keladigan yo‘q: unga 585 ot kuchiga ega (850 Nm) 4,0 litrli benzinli V8 tvin-turbo dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, to‘liq uzatmaga ega. Nemis yo‘ltanlamasi zamonaviy o‘lchovlar bo‘yicha ancha og‘ir — 2,5 tonna.
Biroq “Gelendvagen” Hummer H1 bilan taqqoslanganda xuddi krossoverga o‘xshaydi: Amerika pikapi undan 1,1 tonna og‘ir bo‘lib, unga 197 ot kuchiga ega (583 Nm) 6,5 litrli V8 turbodizel o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Hummer’ning “tishli” shinalari ham mavjud.
Mavzuga doir: Video: Arqon tortishda qay biri g‘olib bo‘ladi — Toyota, Land Rover, Volkswagen yoki Audi?








