Mavzuga doir: Pandemiya davridagi Haj — suratlarda
Shu o‘rinda, internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2020-yilning 1-noyabr kunidan e’tiboran, xorijiy ziyoratchilarga Umra qilishi uchun ruxsat berilmoqda, mazmunida tarqalgan xabarga oydinlik kiritib o‘tish lozim. 1-noyabr kunidan xorijiy fuqarolarga ruxsat berish yuzasidan bildirilgan Haj va umra vazirligi bayonotida Umra ibodatiga keluvchilar uchun bir qancha shart va talablar belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, unda Umra ziyoratchisining yoshi 18 dan 50 yoshgacha bo‘lishi (Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga ko‘ra), koronavirusdan holi ekanini isbotlovchi manfiy natijali PZR analizni taqdim etishi, ushbu analiz 72 soat ichida olingan bo‘lishi va ishonchli laboratoriyada amalga oshirilishi zarurligi, “Umra qildik” programmasi orqali (ikki Haramga kirish uchun onlayn navbat) ro‘yxatdan o‘tib, o‘z onlayn tartibiga ko‘ra umra ibodatini ado etish, Masjid al-Haromda namoz o‘qish, Masjid un-Nabaviyni ziyorat qilish va Ravzai sharifda namoz o‘qish bilan bog‘liq rejali ishlar uchun oldindan buyurtma berish, Saudiya Arabistoniga yetib kelgandan so‘ng belgilangan mehmonxonada 3 kun karantinda bo‘lishi va boshqa shu kabi talablar belgilangan.
Shuningdek, Saudiya mutasaddi idoralari tomonidan epidemiologik holat bo‘yicha Umra ziyoratini tashkil etish uchun ruxsat etilgan davlatlar ro‘yxati alohida e’lon qilinishi qayd qilingan.
O‘z navbatida Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan mazkur masalalar bo‘yicha belgilangan karantin talablari asosida Umra ziyoratini tashkil etish yuzasidan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Shu bilan birga, ushbu tadbirlarni tashkil etishga vakolatli tashkilot – O‘zbekiston musulmonlari idorasi yurtdoshlarimizning to‘liq tibbiy xavfsizligini ta’minlagan holda rasmiy, ishonchli, xavfsiz va qulay Umra xizmatlarini taqdim etish ustida hamkorlar bilan jadal ish olib bormoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi
Xabarnomada Umra safari bilan bog‘liq yakuniy qarorlar yuzasidan tez kunlarda rasmiy bayonot berilishi aytilgan.
Avvalroq Makkadagi Al-Harom masjidi namoz uchun ochilgani xabar qilingan edi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval