Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Aleksandr Faynbergning gipsdan yasalgan haykallari bronzaga almashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Foto: Telegram / Ahmad To‘ra

Foto: Telegram / Ahmad To‘ra

Qayd etilishicha, noyabr oyida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Ibroyim Yusupov singari yozuvchi-shoirlarning gipsdan ishlangan haykallari bronzaga o‘zgartiriladi. O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzodaga esa birato‘la bronzadan haykal o‘rnatiladi.

“Masalan, Muqumiyning bronzadan ishlangan haykali 2,5 tonna. Uni 20 nafarli jamoa boshqa haykallar bilan birgalikda bir oy davomida ishladik. Men ularning texnik tomonlariga yordam beraman. Ushbu yodgorliklar asrab-avaylansa, hadeb silliqlanavermasa (shlifovka) asrlar davomida saqlanadi”, – deydi haykaltarosh, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Javlon Annazarov yodgorlik o‘rnatilayotgan mahal.

Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyobonini tashkil etish haqidagi qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 18-aprel kuni imzolangan edi. Qarorga muvofiq, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom va Zulfiya haykallari Adiblar xiyoboniga ko‘chirilishi, bundan tashqari Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf sharafiga yangi haykallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan edi.

Qayd etish joiz, 1991-yili Milliy bog‘ hududida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali barpo etilgan. Keyinchalik bog‘ning alohida bir qismida O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor (2007), Oybek (2010), Said Ahmad (2010) va shoira Saida Zunnunova (2013) haykallari ketma-ket o‘rnatilgan. 2017-yilda esa Zulfiya, Hamid Olimjon va G‘afur G‘ulom haykali bog‘ga ko‘chirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatga telefon eksport qilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Eron yangi atom elektr stansiyasini qurishni boshladi
Sport
JCH—2022. Fransiya terma jamoasi Polshani yengib, chorak finalga chiqdi