Daryo

1 TB xotiraga ega ilk iPhone 2021-yilda paydo bo‘ladi

Aftidan bu kabi xotiraga iPhone 13 lineykasidagi pro-modellar ega bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish23 858 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Jon Prosser ismli taniqli bloger Apple kompaniyasi 2022-yilda 1 terabayt ichki xotiraga ega ilk smartfonini taqdim etishiga shama qildi. Aftidan, bu kabi xotiraga iPhone 13 lineykasidagi pro-modellar ega bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Apple 1 terabaytni to‘rtinchi variant xotirasiga aylantirishi yoki 128 Gb, 512 Gb va 1 TB modifikatsiyani taqdim etib, oldingilarning biridan voz kechishi mumkin.

Hozirgi kunda bozorda bu kabi ichki xotiraga ega bir nechta smartfon mavjud. Ularning birinchisi 2018-yilda paydo bo‘lgan — Xitoyning unchalik mashhur bo‘lmagan kompaniyasiga tegishli Smartisan R1 smartfoni. Shuningdek, 1 terabayt xotira Samsung Galaxy S10+ keramik versiyasi uchun ham taqdim etiladi. Hatto Apple’ning ham 1 TB ichki xotiraga ega bir necha iPad modellari mavjud.

Yangi iPhone 12 oldingidek 64 Gb xotiraga ega bo‘lgan, 12 Pro’ning minimal xotirasi esa 128 gigabaytdan boshlanadi.

Avvalroq iPhone 12 kun oxiriga bormay “o‘lib qolyayotgani”, smartfonning ilk egalari yangi qurilmaning ishlash vaqtidan shikoyat qilishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar