Daryo

Taniqli suratkash iPhone 12 Pro kamerasiga baho berdi (foto)

Suratkash birinchi navbatda suratlarni qayta ishlovchi yangi Smart HDR 3 algoritmlarini maqtagan

1 daqiqa o‘qish39 494 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Austinmann

Taniqli suratkash Ostin Mann yangi iPhone 12 Pro’ni sinovdan o‘tkazib, uning oldingi ajdodi — 11 Pro’dan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Austinmann

iPhone 12 Pro modeli 12 megapikselli uchta kameradan iborat jamlanmaga ega bo‘lgan — asosiy obyektiv, keng burchakli va optik zumga ega telefoto. 2019-yilda taqdim etilgan iPhone bilan taqqoslanganda texnik jihatdan sezilarli o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Bu jihatdan o‘zgarishning asosiysiga iPhone 12 Pro Max ega bo‘lgan — uning asosiy sensori katta va optikasi yaxshiroq.

Suratkash birinchi navbatda suratlarni qayta ishlovchi yangi Smart HDR 3 algoritmlarini maqtagan — “ayfon” juda yorqin va juda qorong‘i joylardagi mayda dellarni ham yaxshiroq tasvirlashni o‘rganib olgan.

Biroq keng burchaki kamerada yangilanish ancha sezilarli — u birinchi bor Smart HDR va tungi rejimga ega bo‘lgan. Shu sababli keng burchak ostida olingan rasmlar sifati iPhone 11 Pro’dagiga qaraganda yaxshilangan.

Foto: Austinmann
Foto: Austinmann
Foto: Austinmann

Quyidagi kadr esa tungi rejimi yo‘q iPhone 11 Pro va yangi 12 Pro’da olingan:

Foto: Austinmann

Yangi iPhone’da olingan rasmlar:

Foto: Austinmann
Foto: Austinmann
Foto: Austinmann
Foto: Austinmann
Foto: Austinmann
Avvalroq internetda iPhone 12 Pro’ning ilk haqiqiy videosi paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Apple iPhone 12 va iPhone 12 Pro’larni ta’mirlash qanchaga tushishini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar