Xitoyliklar yangi iPhone uchun ortiqcha xarajat qilmaslik uchun eski qurilmalarni iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Yangi iPhone 12 ingichka hoshiyali yangilangan dizaynga ega bo‘lgan, biroq u o‘zidan oldingi modeldan keskin farq qilmaydi. Xitoyliklar o‘xshash dizayndan eski qurilmani yangiga aylantirishda foydalandi.
Xitoydagi aksessuar ishlab chiqaruvchilar Apple’ning yangi mahsuloti taqdimotiga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan, biroq oddiy g‘iloflar emas, balki iPhone 11’ni xuddi iPhone 12’dek maskirovka qiluvchi maxsus bamperli g‘iloflar bilan.



Shunga qaramay e’tiborga olinadigan jihatlar ham yo‘q emas, xususan, iPhone 11 o‘lchami bilan iPhone 12’dan biroz kattaroq, ammo buni faqatgina to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash orqali payqash mumkin. Shunday ekan atrofdagilarni aldash oson.

- Turli mamlakatlar aholisi yangi iPhone 12 xarid qilishi uchun qancha vaqt ishlashi kerak?
- Xiaomi iPhone 12 sabab Apple’ning ustidan kuldi (video)








