Daryo

Estoniyada COVID-19 bemorlari uchun karantin talablari 2020-yilning oxirigacha uzaytirildi

COVID-19 bilan kasallangan bemorlar tashxis qo‘yilganidan boshlab tuzalgunigacha doimiy yashash joyidan chiqishi mumkin emas

1 daqiqa o‘qish56 669 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: RT

Estoniya hukumati COVID-19 bilan kasallanganlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin talablarini 2020-yilning 31-dekabrigacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: RT

Qarorga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar tashxis qo‘yilganidan boshlab tuzalgunigacha doimiy yashash joyidan chiqishi mumkin emas. Tibbiyot yoki politsiya xodimining ko‘rsatmasiga asosan tibbiy maqsadlar yoki inson hayotiga xavf soladigan favqulodda vaziyatlarda istisnoga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Mehmonxonalar yoki mamlakatga kelgan xorijliklar uchun mehmon uylari ham doimiy yashash joyi hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Estoniyada pandemiya boshidan buyon koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3315 ta holat qayd etilgan, 64 nafar bemor vafot etgan, 2564 kishi kasallikdan tuzalgan.

Avvalroq Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilingandi,

Mavzuga doir: Angliyada o‘zini yakkalash qoidalarini buzgan koronavirus bemorlariga katta miqdorda jarima joriy etildi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar