Daryo

Angliyada o‘zini yakkalash qoidalarini buzgan koronavirus bemorlariga katta miqdorda jarima joriy etildi

Agar qoidabuzarlik aynan bir kishi tomonidan takrorlansa, jarima miqdori 10 barobarga ko‘paytiriladi

1 daqiqa o‘qish57 645 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Angliyada COVID-19 kasalligiga chalingan bemorlar o‘zini yakkalash qoidalarini buzgan taqdirda 28-sentabrdan boshlab yirik miqdorda jarimaga tortiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: EPA

Ma’lum qilinishicha, o‘zini yakkalash qoidasini buzganlar birinchi marta ming funt-sterling miqdorida jarimaga tortiladi, agar qoidabuzarlik aynan bir kishi tomonidan takrorlansa, jarima miqdori 10 ming funt-sterlingga ko‘tariladi.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkokning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirus tarqalishini sekinlashtirish uchun bundan keyin ikkilanmasdan choralar ko‘radi.

Bundan tashqari, Londondagi Vestminster saroyi hududida joylashgan barlar va restoranlarga soat 22:00 dan keyin spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi. Bu cheklov avvalroq parlament binolariga taalluqli bo‘lmagandi, chunki ular ishda ushlanib qoladigan parlament xodimlari uchun kerakli deb hisoblangandi.

Angliyada 24-sentabrdan restoranlar va barlarning soat 22:00 dan keyin ishlashiga cheklov qo’yilgan. Niqob taqmaganlik uchun jarima oshirildi, to‘ydagi mehmonlar soni esa 15 kishidan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.

Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish oqibatida 42 mingdan ortiq odam vafot etgan, pandemiya boshidan buyon mazkur kasallik bilan 434,9 ming kishi kasallangan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada karantin kuchaytirilgani sababli hojatxona qog‘ozi va makaron savdosida qaytadan cheklovlar o‘rnatildi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar