Daryo

Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 milliondan oshib ketdi

Bemorlarning 5 millioni sog‘aygan

1 daqiqa o‘qish24 924 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Hindistonda COVID-19 kasalligi qayd etilganlar soni 6 milliondan oshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Foto: Reuters

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda bir sutkada 88,6 ming kishida COVID-19 kasalligi aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni jami 6 milliondan oshgan.

Mamlakatda kasallanganlar soni 16-sentabda 5 millionga, 4-sentabr kuni esa 4 millionga yetgan. Shu bilan birga, ushbu kasallikdan tuzalganlar soni 5 million kishidan oshgan.

Hindiston kasallik qayd etilganlar soni bo‘yicha dunyo bo‘ylab ikkinchi o‘rinda turibdi. Eng ko‘p kasallik AQShda (7,1 million) qayd etilgan.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 33 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan. Bemorlarning 1 milliondan ortig‘i vafot etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar