Daryo

O‘zbekistonda pandemiya davrida ajrimlar soni kamaydi

Respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy viloyatida qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish33 614 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda pandemiya davrida ajrimlar soni kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 8 oyida FHDYo organlarida respublika bo‘yicha 16 944 ta ajrim holati qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 4 371 taga kam.

2020-yilning avgust oyida 2 381 ta (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107 taga kam) ajrim holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida (350 ta) kuzatilgan.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri — 2 244 ta, Andijon — 1 999 ta, Samarqand — 1 793 ta, Toshkent – 1 738 ta va 1 700 ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Eng kam ajrim holatlari (578 ta) esa Navoiy viloyatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 8 oy ichida qaysi viloyatda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar