Bir vaqtlar chiroylidek taassurot qoldirgan trendlar yillar o‘tib o‘zgaradi. Zamon o‘zgargani sari unga moslashish hamda o‘ziga xoslikni saqlagan holda hamnafas bo‘lish kerak.

Makiyaj va manikyurda toshlardan foydalanish

Foto: “Domashniy ochag”

2000-yilda tish, soch va tirnoqlarga toshlar yopishtirish urf bo‘lgan, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshidek tuyulgan edi. Ammo hozir emas. Hozir kiyinishda ham, makiyajda ham minimal uslub urfda. Agar juda ham foydalangingiz kelsa, bitta barmoqqa bir donagina yopishtiring.

3D kipriklar

Foto: “Domashniy ochag”

Ulama kipriklar o‘tmishda qolgan. Qo‘g‘irchoqnikidek kipriklar sizni sun’iy ko‘rsatadi. Tush yordamidan foydalaning yoki kipriklaringizni laminatsiya qildiring.

Shishirilgan lablar

Hozir trendda tabiiy go‘zallik. Bundan 10-20 yillar avval labini shishirish muolajasidan foydalanganlar ayni vaqtda tabiiy konturni qaytarishni istaydi.

Ulama tirnoq

Manikyur qildirishda ham tabiiylikka rioya qiling. Uzun tirnoqlar birinchidan gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi; ikkinchidan, xunuk. O‘rtacha uzunlikdagi tirnoqqa och rangli lak surish tavsiya qilinadi.

Ulama sochlar

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlaringiz kalta bo‘lsa bo‘lsin, ammo ulama bo‘lmasin. Hatto kalta sochni ham yarashtirib turmaklasa va bo‘yasa bo‘ladi. Yopishtirilgan ulama soch tabiiy sochlarga zarar yetkazib, o‘sishiga qarshilik qiladi.