Daryo

Go‘shtli “qush ini” taomi retsepti

Taomni tayyorlash juda oson, shuningdek, ko‘p vaqt talab etmaydi

1 daqiqa o‘qish42 772 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Cooks.ru”

Ajoyib ko‘rinishga ega “qush ini” taomining mazasi ham o‘ziga xos.

Foto: “Cooks.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • Qiyma – 600 gr;
  • Tuxum – 1 dona;
  • Qo‘ziqorin – 4 dona;
  • Piyoz – 1 dona;
  • Baton non – 2-3 bo‘lak;
  • Sut – 100 ml;
  • O‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • Qattiq pishloq – 75 gr;
  • Smetana – 1 osh qoshiq;
  • Non talqoni – 100 gr;
  • Tuz, ziravor, ko‘katlar ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni:

Qotirilgan non bo‘laklari sutga solib, ivitiladi.

Foto: “RussianFood.com”

Qo‘ziqorin yuvilib, quritishga qo‘yiladi. Qo‘ziqorin mayda to‘g‘ralib, piyoz bilan suvi chiqquncha qovurib olinadi. Smetana va ziravorlar sepilib, 3-5 daqiqa mobaynida pishiriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Qiyma yana bir marta sutda ivitilgan non va petrushka bilan go‘sht maydalagichdan o‘tkaziladi. Unga tuxum, tuz va murch qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtirilib, teng porsiyalarga bo‘linadi.

Foto: “RussianFood.com”

Qiymali aralashmani stakan yordamida o‘rtasidan chuqurcha hosil qilinib, chet qismini qalinroq devor yasaladi.

Foto: “RussianFood.com”

Tayyorlangan “qush ini”ning ichiga qo‘ziqorinli aralashmadan bir osh qoshiqdan solinadi.

Foto: “RussianFood.com”

Yog‘ surilgan pergament qog‘ozga asta joylashtirilgan qush inlari 180 darajada 30 daqiqa davomida pishiriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan qattiq pishloq taom tayyor bo‘lishiga yaqin ustiga sepiladi va eriguncha 15-20 daqiqaga qo‘yiladi.

Foto: “RussianFood.com”

Tayyor bo‘lgan “Qush ini” taomi sabzavotlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Foto: “RussianFood.com”
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar