Daryo

JSST COVID-19 mavzusida bir-biriga zid bayonotlar bermaslikka chaqirdi

Mayk Rayanning ta‘kidlashicha, bu jarayonni “siyosiy futbolning o‘ziga xos ko‘rinishi”ga aylantirmaslik kerak

1 daqiqa o‘qish36 500 ko‘rishlar0 izoh0

Turli mamlakatlar va ilmiy jamiyatlar vakillari koronavirus borasida bir-biriga zid bayonotlar berishni to‘xtatishi lozim. Bu fikrni 17-sentabr kuni JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayan bildirgan.

Foto: Forbes

“Biz ketma-ketlikdagi izchil bayonotlarga ega bo‘lishimiz lozim, bu faqat bir mamlakatga yoki tashkilot doirasida emas, ilm-fan va hukumat doirasida ham”, — deya uning so‘zlarini keltirgan The Guardian nashri.

Rayan hukumatlar va ilmiy tashkilotlarni odamlar to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun batafsil va tushunarli ma’lumot taqdim etishga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu jarayonni “siyosiy futbolning o‘ziga xos ko‘rinishi”ga aylantirmaslik kerak.

Xabarda aytilishicha, JSST vakili AQSh prezidenti Donald Tramp va kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) direktori Robert Redfildning yaqinda e’lon qilgan bir-biriga zid bayonotlari bo‘yicha shu tarzda izoh bergan.

16-sentabr kuni Tramp AQShda aholi o‘rtasida COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani keng miqyosda tarqatish oktabrda boshlanishi, 2020-yil oxirida 100 million doza vaksina tayyor bo‘lishini aytgan. Keyinchalik esa matbuot anjumanida prezident voqealar muvaffaqiyatsiz rivojlangan taqdirda vaksinani biroz ko‘proq — noyabr yoki uzog‘i bilan dekabr oyigacha kutish kerak bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Undan avvalroq esa Redfild AQSh senatidagi chiqishida vaksina Amerika jamoatchiligi uchun 2021-yilning ikkinchi choragi oxiri, uchinchi choragida chiqishini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi amerikaliklar vaksina keng tarqalishini 2021-yilning birinchi yarmigacha kutmasliklarini aytib o‘tgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar