Daryo

Namanganda yuz bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Vafot etganlarning ikki nafari 22 va 23 yoshdagi yigitlar

2 daqiqa o‘qish117 382 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Namangan viloyati Pop tumanida Matiz va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 4-sentabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 10-kilometrida haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan J.M. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan.

Oqibatda J.M. boshqarayotgan avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Foto: YHXBB

Natijada, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchi 23 yoshli S.X. va Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli I.M. hamda 39 yoshli R.G‘. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari 23 yoshli Sh.S. hamda 22 yoshli N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB
Ma’lum qilinishicha, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar