Daryo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi va yozuvchi Poyon Ravshanov vafot etdi

Marhum 79 yoshida olamdan o‘tdi

1 daqiqa o‘qish50 306 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: NasafNews

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Shuhrat” medali sohibi Poyon Ravshanov 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Foto: NasafNews

Poyon Ravshanov Qarshi davlat universiteti faxriy professori. 70 dan ortiq ilmiy-tarixiy, badiiy asarlar muallifi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

U “Oqsaroy tarixi”, “Amir Temur sulolasi”, “Malika Kenagas oyim Oychuchuk”, “Avlodnoma”, “Intiqom”, “Qo‘lga tushgan qasoskorlar”, “Sadafmulk” va boshqa ko‘plab tarixiy asarlarni yozgan.

Avvalroq Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherali Nurmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgani xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar