Daryo

Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari Samarqandga yetkazib berildi (foto)

Avtomobillar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan

1 daqiqa o‘qish108 652 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “O‘zavtosanoat”

Jizzax avtomobil zavodi Volkswagen Caddy transport mashinalari bazasidagi tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga taqdim etdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati xabar qildi.

Foto: “O‘zavtosanoat”

Qayd etilishicha, yangi tez tibbiy avtomobillari Turin Invest Engineering kompaniyasi mutaxassislari tomonidan jihozlangan va pandemiya davrida aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Foto: “O‘zavtosanoat”

Avtomobillar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangani ma’lum qilingan.

Foto: “O‘zavtosanoat”
Volkswagen Caddy avtomobillarining O‘zbekistonda sotuvi 2020-yil iyul oyi oxirlarida boshlangan. Bugun modellarni rasmiy avtosalonda xarid qilish mumkinligi qayd etilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar