Shou-biznes va oilaviy hayotni birdek olib borish qiyin, albatta. San’at esa fidoyilikni talab etadi. Cosmopolitan nashri 40 yoshdan keyin farzand ko‘rgan Gollivud yulduzlari hayoti haqida to‘xtaldi.

Monika Belluchchi

Birinchi qizini 39 yoshda, ikkinchisini 45 yoshida dunyoga keltirgan

Foto: Getty Images

Monika Belluchchi shaxsiy hayotidagi muhim voqealar tug‘ilgan kunidan sal oldin, sentabr oyida bo‘lib o‘tdi. Aktrisa 1999-yilda, 35 yoshida Vensan Kasselga turmushga chiqdi. Besh yildan keyin Belluchchi qirq yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganda qizi Devuni dunyoga keltirdi. Oradan besh yil o‘tib, 45 yoshida ikkinchi qizi Leoni tug‘ildi.

“Kech tuqqan ayollar o‘zlarini jasoratli deb hisoblaydi. Bu haqiqat, chunki yosh o‘tgan sari siz chaqaloq uchun katta xavf tug‘dirasiz. Ammo men o‘zimni jasoratli emas, balki omadim bor deb o‘ylayman. 39 yoshimda birinchi farzandimni dunyoga keltirganimda, ikkinchisini ham tezroq tug‘ishim kerak deya o‘ylaganman, lekin aslida bunga tayyor ham emasdim. Bolalar – bu film emas. Ular notinchlikka toqat qilmaydi va paydo bo‘lishga shoshiladi”, – deydi Monika.

Holli Berri

41 yoshida birinchi, 46 yoshida ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan.

Foto: Cosmopolitan

Holli model Gabriel Obri bilan turmush qurgach, 41 yoshida qizi Nalu tug‘ildi. Keyin ular ajrashdi. Berri fransuz aktyori Olive Martinesga turmushga chiqqandan so‘ng, undan 46 yoshida kichkintoy Maseo-Robert dunyoga keldi.

“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Rostini aytsam, taqdir meni kutilmagan sovg‘alar bilan siyladi. Men menopauza davrida edim va bu katta yangilik bo‘ldi”, – deydi Berri ikkinchi marta homiladorligini bilgandan keyin.

Salma Hayek

41 yoshida qizi dunyoga kelgan.

Foto: Cosmopolitan

Hayek 41 yoshida milliarder Fransua Anri Pinodan qizi Valentinani dunyoga keltiradi. Qizlari tug‘ilgach, ular ajrashadi, ammo bir necha oy yana o‘tib yarashadi va to‘y qiladi.

“40 yoshga kirganimda, 30 yoshli odamga solishtirganda men ancha chidamli va vazmin edim. Hozirgi e’tiborimni, balki o‘n yil oldin men qizimga berolmasdim.. Qizim omadli, u aynan 40 yoshga to‘lganimda tug‘ildi”, – deydi Hayek.

Kim Beysinger

41 yoshida qizi dunyoga kelgan.

Foto: Cosmopolitan

Birinchi turmush o‘rtog‘i grimm-rassomi Ron Britton edi. Kim u bilan 28 yoshida tanishgan. Ikkinchi eri aktyor Alek Bolduin bilan tanishganda u 40 yoshda edi. To‘ylaridan bir yil o‘tgach, Bolduin va Beysingerning Aylend ismli qizi dunyoga keladi.

Qizi tug‘ilgandan so‘ng aktrisa biroz tanaffus qilishga qaror qildi va qizi tarbiyasi bilan shug‘ullandi. “Biz xotinim bilan ajrashyapmiz, u boshqa bir ayolga – bir yarim yoshli kal qizga oshiq bo‘ldi”, – deb hazillashdi Bolduin tok-shoularning birida.

Yeva Mendes

40 yoshida qizi dunyoga kelgan.

Foto: Cosmopolitan

Yeva Mendes uzoq vaqt farzand ko‘rmaslikka qaror qilgan kishilar toifasidan edi. Shaxsiy hayoti haqida jurnalistlarga umuman gapirmaydigan aktrisa hamkasbi Rayan Gosling bilan bo‘lgan ishqiy munosabati haqida izoh bermagan. Mendes va Goslingning kutilmaganda Esmeralda ismli qizi tug‘iladi va bu muxlislarini hayron qoldiradi. Yeva o‘sha paytda 40 yoshda edi.

“Men hech qachon yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish juda qiyinligini tasavvur qila olmaganman. Mening yovvoyi tunlarim tugadi, deb o‘yladim. Oldinda asosiy sinovlar turganligi ma’lum bo‘ldi. Hozircha enagasiz shug‘ullanyapman, lekin kelajakda yordamchi yollash niyatidaman. Men uchun onalikning ma’nosi shundaki, tunda uxlash bilan kurashish, nima qilishni bilmaslik”, – deydi Mendes.

Naomi Uotts

Birinchi o‘g‘lini 39 yoshda, ikkinchisini 40 yoshida dunyoga keltirgan.

Foto: Cosmopolitan

Naomi Uottsga o‘ttiz yoshida shuhrat va omad keldi (Devid Linchning “Malxolland Drayv” filmi tufayli). Mashhurlik to‘lqinida suzayotganda, aktrisaga bola uchun vaqt yo‘q edi. Ammo Naomi 39 yoshida eri Liva Shrayberdan o‘g‘li Sashani va bir yarim yildan so‘ng ikkinchi o‘g‘li Semyuelni dunyoga keltiradi.

“Men doim farzandlarim bilanman. Yoki ular men bilan. Biz eng kuchli rishtalar bilan bog‘langanmiz. 39 yoshimda Sasha tug‘ildi va men o‘sha paytda hayot haqida nimadir tushunishga ulgurganman”, – deydi Uotts.

Nikol Kidman

40 yoshida qizi Sandey Rouz tug‘ilgan.

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa Nikol Gollivudda muvaffaqiyatli va eri kinoyulduz (“Momaqaldiroq kunlari” filmida Nikol Kidman bilan tanishgan Tom Kruz aktrisa Mimi Rojers bilan ajrashgan) edi. Ammo barcha ko‘ngilsizlik befarzandlik sababidan kelib chiqdi. Shuning uchun er-xotin qizi Izabella va o‘g‘li Konnorni asrab olishga qaror qiladi. Nikol Kidman birinchi farzandi, qizi Sandey Rouzni ikkinchi eri Kit Urbandan dunyoga keltirgan. Ikki yil o‘tgach, oilada ikkinchi farzand tug‘iladi – qizi Feyt Margaretni surrogat ona olib yurdi.

“Men farzand tarbiyalashdek jiddiy hayotga hissiy va psixologik jihatdan ham tayyor emasdim. Shunday bo‘lsa-da, kech ona bo‘lishning ham afzalliklari bor”, – deydi Nikol.

Syuzan Sarandon

39 yoshida qizi, 42 va 45 yoshida ikki o‘g‘li dunyoga keladi.

Foto: Getty Images

Syuzan Sarandon 23 yoshida aktyor Kris Sarandon bilan turmush qurdi. Ular 12 yil farzand ko‘rmadi. Shifokorlar aktrisaga “tug‘mas” deb tashxis qo‘ydi. Syuzan noto‘g‘ri tashxis bilan ellik yoshni yo‘qotdi. Yillar o‘tgach, rejissor Franko Amurridan qizi Yeva dunyoga keldi. Uch yildan so‘ng o‘g‘li Jek tug‘ildi, uning otasi Sarandonning hamkasbi Tim Robbins edi. Yana uch yil o‘tgach, ular Maylz ismli o‘g‘il ko‘rishdi.

“Men homilador bo‘lganimda bu qanday bo‘lganini hech kim tushuna olmadi. Chunki shifokorlar menga “tug‘mas” deya tashxis qo‘ygandi”, – deydi Sarandon.

Merayya Keri

41 yoshida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan.

Foto: Cosmopolitan

2011-yil, aprel oyida 41 yoshli Merayya sun’iy yo‘l bilan hozirgi tumush o‘rtog‘i shoumen Nika Kennondan Morokkano va Monro egizaklarini dunyoga keltirdi. Homiladorlik juda qiyin kechgan. Qo‘shiqchi endi farzand ko‘rishni istamasligini aytdi.

“Menda homiladorlik juda qiyin kechdi. Menda diabet va yuqori qon bosimi ham bor edi. Egizak farzandlarni dunyoga keltirgan barcha onalarga salom beraman. Chunki bu oson emas. Ammo men farzandlarimdan besh yil davomida juda yangi hissiyotlarni oldim”, – deydi Keri.

Jennifer Lopes

39 yoshida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan.

Foto: Cosmopolitan

Jennifer Lopes farzandli bo‘lish orzusi borligini bir necha bor tan olgan. Avvaliga uning shaxsiy hayoti yaxshi boshlanmadi (raqqos Kris Jadd bilan janjalli ajrashish, aktyor Ben Afflek bilan to‘yi bo‘lishidan bir necha soat oldin nikoh bekor qilinishi). Keyin qo‘shiqchi Mark Enton bilan turmush quradi, ammo Lopes undan farzand ko‘rmadi. Jennifer sun’iy yo‘l bilan farzand ko‘rishga qaror qiladi va 2008-yil fevral oyida Maks va Emma egizaklarini dunyoga keltiradi.