Daryo

Qashqadaryoda hovlisida 3 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga tushdi

O‘simliklarning umumiy og‘irligi 4,5 kilogrammni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish101 498 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tergov departamenti

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs hovlisida yetishtirish taqiqlangan o‘simlikni o‘stirgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 5-avgust kuni soat 14:30 da IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kitob tuman Shatri qishlog‘ida yashovchi 38 yoshli Y.H.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uning hovlisida uch tup yashil rangli, o‘ziga xos hidli o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Foto: Tergov departamenti

Ushbu holat xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Y.H.ning hovlisidan olingan bo‘yi 250 santimetrdan 280 santimetrgacha, poyasining qalinligi 24,0 millimetrdan 41,0 millimetrgacha bo‘lgan, uch tup, nam holdagi (quritilmagan) o‘simliklar kannabis o‘simligi ekanligi aniqlangan. Ularning jami sof og‘irligi 4,5 kilogramm ekanligi ko‘rsatilgan.

Foto: Tergov departamenti
Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar