Daryo

Toni Fergyuson faoliyatini yakunlaydimi? Uning o‘zi bunga javob berdi

Toni Fergyuson hali beri faoliyatini yakunlash niyatida emas

1 daqiqa o‘qish67 172 ko‘rishlar0 izoh0

UFC’ning yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson hali beri MMA’dagi faoliyatini yakunlamasligini ma’lum qildi.

Foto: Yandex Photos

“Biz kabi veteranlar har qanday sharoitga moslasha oladi va tajribalar bilan bo‘lishishi mumkin. Aynan biz yangi avlod vakillariga yo‘l ochamiz. Biroq bunday narsa men bilan yaqin orada sodir bo‘lmaydi. Menga ketishim vaqti yetganini yozayotganlarga esa bir gapim bor: ‘Ko‘zimga ko‘rinmang, yo‘qolin!’ ”, — deydi Toni Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson o‘zining so‘nggi jangini UFC 249 musobaqasi doirasida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazdi va 5-raundda nokautga uchradi.

Toni Fergyuson ijrosidagi eng sara nokautlarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: Toni Fergyuson Konor Makgregorni jangga chorladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar