Daryo

Toni Fergyuson Konor Makgregorni jangga chorladi

Fergyuson Makgregor yoki Poryega qarshi jang o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi

1 daqiqa o‘qish45 064 ko‘rishlar0 izoh0

Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Toni Fergyuson keyingi jangini ikki vazn toifasining sobiq chempioni Konor Makgregor yoki Dastin Poryega qarshi o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.

Foto: Yandex Photos

“Ular ikkisi ham tartibli jangchilar, ikkisi ham yaxshi. Biz barchamiz elitamiz, eng yaxshi jangchilar beshligiga kiramiz.

Kimga qarshi jang qilishimning farqi yo‘q. Agar Konorga qarshi jang qilishimni xohlasangiz — menga Konorni bering. Poryeni istasangiz, bunga ham tayyorman. Keyin esa Habib — Getji bellashuvi g‘olibi bilan jang qilishga tayyorman”, — deydi Fergyuson.

Fergyuson so‘nggi jangini UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazgan va texnik nokaut hisobiga yutqazgandi.

Getji va Habib o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toni Fergyuson va Konor Makgregor ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (video).

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar