Yaponiyaning Donut Robotics kompaniyasi Bluetooth yordamida nutqni yozib olib uni boshqa tilga tarjima qilish va matn ko‘rinishiga keltira oladigan C-mask nomli “aqlli” himoya niqobini yaratdi, deb xabar beradi “RBK”.

C-mask yordamida yapon, ingliz, xitoy, fransuz, koreys, tay, ispan, vyetnam va indonez tillariga tarjimalarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, qurilma qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va foydalanuvchi ovozini kuchaytirib bera oladi. Kelajakda niqobga AR va VR funksiyalarini qo‘shish rejalashtirilmoqda.









