Human Inc. startap kompaniyasi ajoyib ixtiro — butunlay simsiz qoplama quloqchinlarni taqdim etdi. Bu haqda Spot xabar qildi.

Foto: Spot

Ular Sennheiser tovushini va AirPod’larning qulayligini birlashtirdi.

Quloqchinlar 30 mm bo‘lgan ikkita dinamik bilan jihozlangan. Yangi uskuna mikrofonlari tovushlarni atrof muhit shovqinisiz qamrab oladi.

Foto: Spot

Bundan tashqari, quloqchinlar real vaqt rejimida qo‘ng‘iroqlar paytida nutqni mustaqil ravishda 11 tilga tarjima qila oladi. Ammo shovqin chetga surilmaydi — “quloqlar” foydalanuvchi muammoga duch kelmasligi uchun maxsus bir nechta fon tovushlarini o‘tkazib yuboradi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, batareya to‘liq zaryad olganda to‘qqiz soat davomida ishlaydi. Qurilmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u zaryad olayotganda uni Bluetooth kolonkasi sifatida qo‘llash mumkin. Mazkur funksiya, shuningdek, quloqlar uzoq vaqt taqib yurishdan “charchaganida” foydali bo‘ladi.

Qurilma 250 dollarga baholandi.