Daryo

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qariyb 60 yillik rekordni takrorladi

Ronaldu rekordlar qayd etishda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish70 434 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi bahsda (4:1) o‘z nomiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter

35 yoshli portugaliyalik futbolchi 29-daqiqada Xuan Kuadradoni to‘p bilan ta’minlagan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib o‘zi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, joriy mavsumda A Seriyadagi gollari sonini 25 taga yetkazib oldi.

Shu tariqa u 1960/61-yilgi mavsumdan keyin A Seriyaning bir mavsumida 25 ta gol urgan “Yuventus”ning birinchi o‘yinchisiga aylandi. Bundan oldin ushbu natijani Omar Sivori (1961-yilda) qayd etgandi.

Ushbu mavsumda Krishtianu Ronaldu klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 38 uchrashuvda ishtirok etib, 29 gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu “Yuventus” safida ilk marta jarima zarbasidan gol urdi. Buning uchun u 43 marta urinib ko‘rdi

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar