Daryo

A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida yirik hisobda zafar quchdi, Ronaldudan super gol

“Yuventus” A Seriya 30-turida “Torino”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish57 044 ko‘rishlar0 izoh0
Krishtianu Ronaldu — “mashina”. Portugaliyalik daho oʻzining professionalligi va barqarorligi bilan ushbu eʼtirofga loyiq koʻrilgan. Shuningdek, “Sporting”da oʻynagan kezlari uni “yigʻloqi” deb ham atashgan. Oʻshanda Ronaldu jamoasining har bir magʻlubiyatini ogʻir qabul qilardi va koʻz yoshlarini berkitib oʻtirmasdi. Foto: “Yuventus”

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 30-turida “Yuventus” o‘z maydonida 4-iyul, shanba kuni “Torino”ni qabul qildi.

Foto: Twitter/@fcjuventus

Uchrashuvning 3-daqiqasida Paulo Dibala maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 29-daqiqada Xuan Kuadrado jamoasining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Andrea Belotti penaltini aniq bajarib, hisobni qisqartirishga erishdi.

“Keksa sinyora” ikkinchi bo‘limda yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini qoyilmaqom bajargan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Koffi Jiji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus” ochkolarini 75 taga yetkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamladi. Keyingi o‘rindagi “Latsio”da 68 ochko bor va jamoa ushbu turda “Milan” bilan kuch sinashadi.

A Seriya

30-tur bahsi

4-iyul, shanba

“Yuventus” — “Torino” 4:1

Gollar: 1:0 – 3 Dibala, 2:0 – 29 Kuadrado, 2:1 – 45+6, penalti Belotti, 3:1 – 61 Ronaldu, 4:1 – 87, avtogol Jiji.

“Yuventus”: Buffon, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Rabyo, Pyanich (Matyuidi, 49), Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Dibala (Iguain, 80), Ronaldu.

“Torino”: Sirigu, de Silvestri (Edera, 80), Bremer (Jiji, 84), Voynovich, Ayna (Ansaldi, 84), Berenger, Meyte, Verdi (Milliko, 68), Lukich, Itsso, Belotti.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (26), Pyanich (39), de Ligt (45), Itsso (58), Ayna (60), Dibala (70).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar