Daryo

O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

Mazkur avtomobil tibbiyotning aynan zarur bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, talab va ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin

1 daqiqa o‘qish65 136 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “O‘zavtosanoat”

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Isuzu D-Max pikaplari negizida tez tibbiy yordam mashinalari tayyorlanadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: “O‘zavtosanoat”

Xabar berilishicha, SamAvto zavodida ishlab chiqarilayotgan mashinalar qatori Isuzu D-Max negizidagi yangi tez tibbiy yordam avtomobil modeli bilan to‘ldirildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu avtomobil mazkur muhim faoliyat uchun ayni muddao hisoblanadi, mashina o‘z xususiyatlari hamda ishonchliligi va tejamkorligi bilan ajralib turadi.

Ushbu avtomobil tibbiyotning aynan zarur bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, talab va ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikaplarining ishlab chiqarilishi 2019-yilning mart oyida ma’lum bo‘lgandi. 2020-yilning yanvar oyida esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pikaplarning narxlari e’lon qilingandi.

Avvalroq 2020-yilning iyul oyidan O‘zbekistonda Volkswagen Caddy avtomobillarini ishlab chiqarish va uning sotuvi boshlanishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq Volkswagen O‘zbekistonda Skoda avtomobillarini ham ishlab chiqarishi ma’lum qilindi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar