Daryo

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu pikaplarining narxlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda pikaplar savdosi bilan sakkizta dilerlik markazlari shug‘ullanadi

1 daqiqa o‘qish236 848 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Samauto.uz”

2019-yil oxirida Toshkent shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ilk Isuzu D-Max pikapi taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Foto: “Samauto.uz”

Avtomobillar yettita rang va yettita modifikatsiyada taqdim etilmoqda. Avtomobillarga oldindan buyurtma qilish 2019-yilning dekabrida, sotish jarayoni esa 2020-yilning yanvarida boshlanishi aytilgan edi.

Pikaplar ekologik tozaligi va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi dizel yoqilg‘isida ishlaydi.

Spot’ning yozishicha, o‘zbekistonliklar uchun uchta modifikatsiyada taklif etilmoqda:
  • D-Max SAHAR. Ikki yo‘lovchi joyiga ega bir qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 270 million so‘m.
  • D-Max OKSUS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 340 million so‘m.
  • D-Max IRBIS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 3 litr, avtomatik uzatmalar qutisi — 380 million so‘m.
O‘zbekistonda pikaplar savdosi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchda joylashgan sakkizta dilerlik markazlari shug‘ullanadi.

“20—24-yanvar kunlari SamAuto zavodi birinchi marta yangi avtomobillarni o‘z egalariga topshirdi. Birinchi partiyada to‘qqizta pikap bor edi. Xaridorlar D-Max IRBIS modifikatsiyasiga ko‘proq buyurtma berdi”, — deyiladi xabarda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar