Daryo

Video: 26 yillik BMW kabrioletini ideal holatga keltirish jarayoni

YouTube’da1994-yilda ishlab chiqarilgan BMW E36 kabrioletining qayta tiklangani tasvirlangan 20 daqiqali video paydo bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish47 912 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Chromatic Auto Detailing

YouTube’dagi Chromatic Auto Detailing kanaliga mutaxassislar 1994-yilda ishlab chiqarilgan BMW E36 kabrioletini qayta tiklagani tasvirlangan 20 daqiqali video joylashtirildi.

Foto: Chromatic Auto Detailing

Video BMW E36’ni qayta tiklashga bag‘ishlangan. Dastlab usta 26 yillik kabrioletning kuzovini to‘liq yuvib tashlagan. Shundan so‘ng maxsus mato yordamida yig‘ma tom qismi, bamper, faralari, eshik tutqichlari va dizaynining boshqa elementlarini himoyalab chiqqan.

Dastlabki tayyorgarlikdan so‘ng mutaxassis kuzov “polirovkasi” bilan shug‘ullangan. Butun jarayon professional kamera yordamida tasvirga olingan va jaz musiqasi bilan uyg‘unlashtirilgani sabab muhandislik ishi haqiqiy professional kinoga o‘xshagan. Natijada 26 yillik kabriolet yangi avtomobilga aylantirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar