Daryo

Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi

Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Uning ahvoli og‘ir

1 daqiqa o‘qish285 633 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Samarqand viloyatida 27-iyun, shanba kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi.

Foto: “Daryo”

Siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar viloyat perinatal markazida 27-iyun kuni kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor, yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan. Dunyoga kelgan vaqtida uning vazni 4,6 kilogrammni, bo‘yi 48 santimetrni tashkil etgan.

29-iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.

Foto: “Daryo”

Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og‘ir.

Foto: “Daryo”

Homiladorlikning 21-haftasida qilingan skriningda homilaning nuqsoni borligidan ota-onasi xabar topgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar